O‘zbekistonda bir oylik harbiy xizmat narxi 7 foizga oshdi

O‘zbekistonda bir oylik harbiy xizmat narxi 7 foizga oshdi
  • 7
  • 15.09.2026 16:25:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda safarbarlik chaqiruv rezervi — bir oylik harbiy xizmat uchun to‘lanadigan badal miqdori oshdi.
2026-yil 1-sentabrdan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 mln 360 ming so‘m etib belgilandi. Bir oylik harbiy xizmat badali shu miqdorning 7 baravariga teng. Natijada to‘lov 8 mln 897 ming so‘mdan 9 mln 520 ming so‘mga oshdi.
Badalni biryo‘la yoki bir yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkin.
Safarbarlik chaqiruv rezerviga olingan fuqarolar 27 yoshga to‘lgunga qadar zarurat tug‘ilganda harbiy yig‘inlarga yoki haqiqiy harbiy xizmatga jalb qilinishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News