Toshkentda ichimlik suvi narxi oshiriladi

Toshkentda ichimlik suvi narxi oshiriladi
  • 7
  • 09.10.2023 11:54:00
  • 1 daq o'qish

Suv taʼminoti tizimidagi sarf-xarajatlarning keskin ortganligi munosabati bilan poytaxtda ichimlik hamda oqova (kanalizatsiya) suv xizmatlari narxi oshishi kutilmoqda. 

Xususan, aholi uchun bir metr kub suv narxi 1400 so‘m, oqova suv narxi esa 1000 so‘m, yuridik tashkilotlar uchun ichimlik suvi narxi 3000 so‘m oqava suv narxini esa 2200 so‘m etib belgilash bo‘yicha takliflar Toshkent shahar deputatlar kengashiga taqdim etilgan.

Ta’kidlanishicha, Toshkent shahridagi oshishi kutilayotgan suv va kanalizatsiya narxlari Toshkent viloyati hamda respublikaning boshqa hududlaridagi ayni kundagi narxlardan pastligicha qolmoqda. Deputatlar kengashi muhokamasi yakunlaridan kelib chiqib suv va kanalizatsiya narxlari oshish sanasi haqida qo‘shimcha maʼlumot taqdim etib boriladi.

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News