❗️🚕 Raqobat qoʻmitasi Yandex Go’ni ogohlantirdi

❗️🚕 Raqobat qoʻmitasi Yandex Go’ni ogohlantirdi
  • 8
  • 13.12.2024 14:17:00
  • 1 daq o'qish

 

Raqobat qoʻmitasi Yandex Go’ni yo‘lovchi tashish xizmatlari narxlari oshishi  kuzatilayotgani yuzasidan iste’molchilardan murojaatlar kelib tushayotgani sabab narxlarni pasaytirish bo‘yicha ogohlantirdi. Platformada dekabr oyidagi dastlabki 10 kunlik xizmat narxlari monitoring qilganda narxlar dinamikasida keskin oʻzgarishlar kuzatilgan. 

“Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunga asosan, ustun mavqega ega deb eʼtirof etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektning ustun mavqeini suiisteʼmol qilish, xususan monopol yuqori narx belgilash taqiqlanadi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News