
- 6
- 15.07.2024 16:12:00
- 1 daq o'qish
“Korzinka” tomonidan turli xil usullarda tarqatilayotgan reklama axborotida “Kundalik xaridlarga eng arzon narx”, “Eng arzon narx – Korzinkada”, “…Eng unumlisiga keling!” degan reklamasida foydalanuvchilarni chalgʻitadigan jumlalardan foydalanilganligi uchun “Korzinka”ga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatildi. Korzinkada “eng arzon narx"da deb e’lon qilingan mahsulotlarning narxi boshqa supermarketlar va dehqon bozorlaridagi narxidan farq qilmasligi kuzatilgan.
“Korzinka”ga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi qonuni 16-moddasi birinchi qismi va “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni 6-moddasi birinchi qismi talablari buzilishi alomatlari yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi.