Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xorijdagi diniy maktablarda o‘qish xavflari haqida ogohlantirdi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xorijdagi diniy maktablarda o‘qish xavflari haqida ogohlantirdi
  • 0
  • 14.08.2025 16:01:00
  • 1 daq o'qish

So‘nggi paytlarda internetda “rasmiy diniy ta’lim” va’da qiluvchi xorijdagi o‘quv muassasalari haqida e’lonlar ko‘paymoqda.  Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Misr, Turkiya, Saudiya Arabistoni kabi davlatlardagi ko‘plab maktablar rasmiy ruxsatsiz ishlashini, ularning diplomlari O‘zbekistonda tan olinmasligini va yoshlar noto‘g‘ri g‘oyalarga yo‘naltirilishi mumkinligidan ogohlantirdi (https://t.me/DinQumita/6619).

O‘zbekistonda rasmiy diniy ta’lim faqat Musulmonlar idorasi tizimidagi o‘quv yurtlarida beriladi: 4 ta oliy, 10 ta o‘rta maxsus islom maktabi va 28 ta “Qur’on va tajvid” kurslari mavjud. 2018-yildan beri bu muassasalarni 77 ming kishi tamomlagan.
Shu bilan birga, Diniy idoraning “muslim.tv” internet platformasida barcha yosh toifalari uchun mo‘ljallangan onlayn Qur’oni tajvidi darslari tashkil etilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News