HAMAS qo‘mondoni halok bo‘ldi

HAMAS qo‘mondoni halok bo‘ldi
  • 6
  • 11.06.2024 16:31:00
  • 1 daq o'qish

G‘arbiy sohil hududida 10-iyun kuni yuz bergan to‘qnashuvda HAMAS qo‘mondoni halok bo‘lgan.

Aytilishicha, bosib olingan G‘arbiy Sohilga kelgan HAMAS qo‘mondoni Muhammad Jobir Abdo Isroil kuchlari bilan to‘qnashuvda halok bo‘lgan. HAMAS ushbu maʼlumotni tasdiqlagan.

Muhammad Jobir Abdo bilan birga uning uch nafar hamrohi ham halok bo‘lgan. Rasmiylar voqea G‘arbiy sohilning Falastin maʼmuriyati qarorgohi joylashgan Ramalloh shahri yaqinida yuz berganini bildirgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News