Everestni qo‘llarida zabt etgan alpinist

Everestni qo‘llarida zabt etgan alpinist
  • 1
  • 22.05.2026 18:23:00
  • 1 daq o'qish

Rustam Nabiyev dunyoning eng baland nuqtasi — 8848 metrlik Everest cho‘qqisini qo‘llari yordamida zabt etgan ilk inson sifatida tarixga kirdi.
Rustam Nabiyev 2015-yilda Omskdagi harbiy kazarma qulashi oqibatida ikki oyog‘idan ayrilgan. Shunga qaramay, u sport va alpinizm bilan shug‘ullanishni davom ettirib, bir qancha mashhur cho‘qqilarni zabt etgan. U bir haftalik yo‘l davomida muzliklar va 8400 metr balandlikdagi xavfli hududlarni qo‘llari yordamida bosib o‘tib, 20-may kuni Everestni ham zabt etdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News