IIB bo‘limiga olib ketilgan fuqaro jonlantirish bo‘limida

IIB bo‘limiga olib ketilgan fuqaro jonlantirish bo‘limida
  • 5
  • 05.07.2024 16:14:00
  • 1 daq o'qish

4-iyul kuni Farg‘onada 33 yoshli haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzib, ichki ishlar xodimlari bilan janjallashib qolgan va xodimlar unga nisbatan elektroshoker qo‘llab olib ketishgan. Fuqaro u yerdan hushsiz holda olib chiqilgan va reanimatsiyaga yotqizilgan. Fuqaro hali ham jonlantirish bo‘limida.

Aniqlanishicha, haydovchi 2022-yilda avtohalokatga uchrashi oqibatida miyasidan og‘ir jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan. Hozirda holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News