Uyda yolg‘iz qoldirilgan bolalar yong‘inda qolib ketishdi

Uyda yolg‘iz qoldirilgan bolalar yong‘inda qolib ketishdi
  • 12
  • 16.08.2024 16:48:00
  • 1 daq o'qish

15-avgust kuni Toshkentda ko‘pqavatli uyning 5-qavatida yong‘in sodir bo‘ldi. 
Xonadon egalari uyda 2 nafar yosh bolani yolg‘iz qoldirib, eshikni tashqaridan qulflab ketgan bo‘lgan. 7 yoshli bola oynadan sakrab maxsus gilam orqali shu yerdagi aholi tomonidan qutqarilgan. Ichkarida qolgan 5 yoshli bolani esa qutqaruvchilar qutqargan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi. Hodisa oqibatida xonadonning 20 metr kvadrat maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News