Britaniya tashqi ishlar vaziri — Toshkentda

Britaniya tashqi ishlar vaziri — Toshkentda
  • 7
  • 23.04.2024 16:46:00
  • 1 daq o'qish

Britaniya tashqi ishlar vaziri Markaziy Osiyo davlatlari bo‘ylab turnesini kecha, Tojikistondan boshlagan edi. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Britaniyaning Tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Devid Kemeronni qabul qildi.

Ikki davlat o‘rtasida Keng qamrovli sherikchilik to‘g‘risidagi deklaratsiya hamda Mintaqaviy va xalqaro bog‘liqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi imzolandi.
Avvalroq Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Mo‘g‘ulistonga safar qilishi, tashriflarda Britaniya bilan savdo, xavfsizlik va atrof-muhit bo‘yicha aloqalarni kengaytirish maqsadida muzokaralar o‘tkazilishi aytilgandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News