Aeroportga eltuvchi ko‘prik avtobuslar uchun ochiladi

Aeroportga eltuvchi ko‘prik avtobuslar uchun ochiladi
  • 3
  • 08.11.2023 08:35:00
  • 1 daq o'qish

Aeroportga eltuvchi ko‘prik avtobuslar uchun ochiladi

“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati Xalqaro aeroport va Bobur ko‘chasini bog‘lovchi ko‘prik joriy yilning 10-noyabridan 11, 40, 45, 47, 61, 67, 76, 77, 94 va 106-sonli avtobus yo‘nalishlari uchun ochilishini ma’lum qildi. 
 
Bundan avval ushbu yangi qurilgan ko‘prikdan 40 tonnalik 4 ta tank o‘tkazilib sinovdan o‘tkazilgandi. 
 
Avgust oyida esa ushbu ko‘prikning beshta to‘sini qulab tushgani haqida xabar bergandik.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News