Sobiq erining ota-onasi va xolasini zaharlab o‘ldirgan kelin umrbodga qamaldi

Sobiq erining ota-onasi va xolasini zaharlab o‘ldirgan kelin umrbodga qamaldi
  • 0
  • 09.09.2025 08:06:00
  • 1 daq o'qish

Avstraliyada 50 yoshli Erin Patterson sobiq erining ota-onasi Don va Gail Patterson hamda xolasi Xezer Uilkinsonni zaharli qo‘ziqorin qo‘shilgan taom bilan o‘ldirgani uchun uch karra umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Fojia 2023-yilda Viktoriya shtatidagi uyda sodir bo‘lgan. O‘sha kuni mehmonlardan faqat Xezerning eri Ian Uilkinson tirik qolgan. Qurbonlar og‘ir oshqozon-ichak kasalliklariga chalinib, ko‘p a’zolari ishdan chiqqanidan keyin kasalxonada vafot etgan. Sudya jinoyatni “vahshiyona” deb baholadi. Erin Patterson esa barcha ayblovlarni rad etib, voqeani “fojiali baxtsiz hodisa” deb atadi. Sud jarayoni Avstraliya tarixida ilk bor televideniyeda jonli efirga uzatildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News