
- 0
- 07.08.2025 15:51:00
- 1 daq o'qish
Amerikalik Aleks ismli bola 7 yoshida oilasi bilan vaqt o‘tkazish uchun o‘zi o‘ylab topgan o‘yini bilan 15 yoshida millioner bo‘ldi. U turli taomlarni kartochkalarga yozib, ularni baholash orqali oilasi bilan soatlab o‘yin o‘ynardi. Keyin bu o‘yinga “Tako Burritoga qarshi” deb nom berdi va uni do‘stlariga ko‘rsatdi. Barchaning qiziqib o‘ynaganini ko‘rgan Aleks bu o‘yinni haqiqiy mahsulotga aylantirishga qaror qildi.
Dastlab oilasi bu g‘oyani jiddiy qabul qilmagan bo‘lsada, internetga joylashtirilgan tasvirlar orqali yaxshi daromad kela boshlagach, ular bu loyihani qo‘llab-quvvatlay boshladilar.
O‘yin Amazonda sotuvga chiqarildi va birinchi yilning o‘zida 1,5 million dona sotilib, 1,1 million dollar daromad keltirdi. Hozirda Aleks oilasi bilan tashkil etgan kompaniyada yangi o‘yinlar yaratish bilan shug‘ullanmoqda. Uning orzusi Lamborghini egasi bo‘lish.