Sankt-Peterburgda qutidan 2 haftadan oshgan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Sankt-Peterburgda qutidan 2 haftadan oshgan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
  • 4
  • 25.10.2023 09:42:00
  • 1 daq o'qish

Sankt-Peterburgda Kosmonavtlar prospektidagi ijaraga olingan bir xonali kvartiradan taxminan ikki hafta davomida yotgan 28 yoshli qizning jasadi topildi. Bu haqda SHOT telegramm kanaliga tayanib ria.ru xabar bermoqda.

10-oktyabr kuni marhuma o‘zbekistonlik 23 yoshli yigit bilan bir kunlik kvartirani ijaraga olgan. Ertasi kuni uyga farrosh ayol kelgan va xonani tozalab, chiqib ketgan. U hech qanday shubhali narsani sezmagan.

Ikki hafta o‘tgach, ijara haqi to‘lanmagani va aloqa yo‘qligi sababli, uy egasi kvartiraga mijozlarni izlab keladi. Kirgan zahoti uydan badbo‘y,  kuchli hidni sezadi. U karavot ostidagi qutidan jasadni topadi.

Marhuma bilan yashagan yigit 12-oktyabr kuni Istanbulga uchib ketgan va qidirilmoqda. Qizning o‘limining aniq sabablari ekspertizadan so‘ng aniqlanadi.

Manba: xabar.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News