Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi.  

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi.  
  • 3
  • 23.12.2024 14:39:00
  • 1 daq o'qish

 

Jasad uy yerto‘lasidagi sumkadan zo‘ravonlik alomatlari bilan topilgan. O‘ldirilgan shaxs 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, u noyabr oyi boshida Sankt-Peterburgga 24 yoshli tanishinikiga pul topish maqsadida kelgan. Aniqlanishicha, 9-dekabr kuni marhuma tanishi bilan o‘zaro janjallashib qolgan va erkak uni yostiq bilan bosib o‘ldirgan. Shundan keyin qotil jasadni safar sumasiga joylashtirib, uyning yerto‘lasiga olib tushgan va o‘zi 10-dekabr kuni O‘zbekistonga qaytgan. 
Tergovchilarning aytishicha, erkakning o‘zi politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, qotillik haqida xabar bergan va ayolning jasadini qayerda qoldirganini aytgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovchilar ekspertiza o‘tkazmoqda.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News