
- 5
- 27.02.2023 14:37:00
- 1 daq o'qish
FIFA 27-fevral, dushanba kuni mavsumning eng yaxshilariga The Best sovrinini topshiradi. Sovrindorlar 2021/2022-yilgi mavsumning boshlanishidan JCH—2022 ning tugashigacha bo‘lgan davrdagi natijalar bo‘yicha aniqlanadi.
Marosimda erkaklar va ayollar o‘rtasida eng yaxshi futbolchi, murabbiy, darvozabon va yil ramziy terma jamoasi aniqlanadi. Shuningdek, eng yaxshi muxlis, feyr-pley sovrini va yilning eng chiroyli goli muallifiga topshiriladigan “Pushkash sovrini” o‘z egalarini topadi.
Ma’lumot uchun, yilning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga asosiy da’vogarlar Karim Benzema (“Real”, Fransiya), Lionel Messi (“PSJ”, Argentina) va Kilian Mbappe (“PSJ”, Fransiya) hisoblanadi.
Tadbir Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanishi kutilmoqda.
Sizningcha bugun The Best sovrini qaysi futbolchiga nasib qiladi?