
- 1
- 17.07.2026 11:19:00
- 1 daq o'qish
“Betmen 2” (The Batman Part II) filmining ilk tizeri e’lon qilindi. Robert Pattinson bosh rolni ijro etayotgan kartina premyerasi avval rejalashtirilgan 2027-yil oktabridan 2028-yil 18-fevralga ko‘chirildi. Filmga yana Mett Rivz rejissyorlik qilmoqda. Aktyorlar tarkibida Robert Pattinson, Endi Serkis, Kolin Farrell, shuningdek, Skarlett Yoxansson, Sebastyan Sten, Jeyms Louson, Charlz Dens, Jil Peres-Abraham va Sebastyan Kox ishtirok etadi. Bundan tashqari, DC Studios 2024-yildan nashr etila boshlagan “Absolute Batman” komikslari asosida animatsion serial ham ishlab chiqmoqda. Loyiha shouranneri hamda komiks muallifi esa Skott Snayder.