
- 2
- 21.10.2026 12:07:00
- 1 daq o'qish
Gollivud aktyori Dueyn “Rok” Jonson rejissyor Benni Safdining “Lizard Music” filmida 70 yoshli qariya obrazini gavdalantirmoqda. Suratga olish maydonchasidan tarqalgan fotosuratlarda aktyorni tanib olish deyarli imkonsiz.
54 yoshli Jonson yangi roli uchun maxsus grim va protezlar yordamida qariya qiyofasiga kirgan. Shuningdek, u obrazga tayyorgarlik jarayonida taxminan 13,6 kilogramm mushak massasini yo‘qotgan.
Deniel Pinkuoterning bolalar kitobi asosida suratga olinayotgan film g‘aroyib musiqachi kaltakesaklarni ko‘rib qolgan bolakay va uning antiqa qariya bilan do‘stligi haqida hikoya qiladi.
Kartinada Reychel Makadams, Kolman Domingo va Jeff Goldblyum kabi taniqli aktyorlar ham ishtirok etadi.
“Lizard Music” filmining premyerasi 2027-yil 25-dekabrga rejalashtirilgan.