“Seysmik xavfsizlik sohasi aʼlochisi” koʻkrak nishoni taʼsis etildi

“Seysmik xavfsizlik sohasi aʼlochisi” koʻkrak nishoni taʼsis etildi
  • 4
  • 16.09.2023 06:57:00
  • 1 daq o'qish

Ko‘krak nishoni bilan seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi, aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini ta’minlash sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan fuqarolar taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoni va uning guvohnomasi har yili 13 oktyabr – Tabiiy ofatlar xatarini kamaytirish xalqaro kuni arafasida Fanlar akademiyasi prezidenti (yoki uning topshirig‘iga muvofiq boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

Manba: norma.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News