
- 0
- 07.08.2025 08:24:00
- 1 daq o'qish
Hindistondagi shifoxonada tug‘ruq vaqti chaqaloqning qo‘li uzilib ketdi. Voqea 30-iyul kuni Mandikhera shahridagi davlat shifoxonasida sodir bo‘lgan. The Times of India’ning yozishicha, hodisa shifokorlar beparvoligi oqibatida yuz bergan. Oila izoh so‘raganida, ularga qo‘pol muomala qilingan va palatadan chiqarib yuborilgan. Chaqaloq boshqa shifoxonaga ko‘chirildi. Hodisa yuzasidan komissiya tekshiruv boshlagan. U voqeani inson huquqlari va bola huquqlari buzilishi sifatida baholamoqda.