O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 6 million so‘mga baholanmoqda

O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 6 million so‘mga baholanmoqda
  • 1
  • 25.07.2025 15:20:00
  • 1 daq o'qish

2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 5,98 million so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 17,2% ga oshdi.
Hududlar kesimida eng yuqori ish haqi Toshkent shahrida – 10,1 mln so‘m, undan keyin Navoiyda – 7,5 mln so‘m, Toshkent viloyatida – 5,7 mln so‘m, Andijonda – 4,9 mln so‘m va Buxoroda – 4,8 mln so‘m deb baholandi. Eng kam ish haqi esa Namangan va Surxondaryoda – 4,3 mln so‘m, Qashqadaryoda – 4,1 mln so‘mni tashkil etdi.
Eng ko‘p maosh bank va sug‘urta (16,2 mln), axborot va aloqa (14,8 mln), tashish va saqlash (9 mln), sanoat (7,2 mln) sohasi vakillariga to‘lanmoqda.
San’at va ko‘ngilochar sohalarda o‘sish sur’ati 20,7% bo‘lib, ish haqi 5 millionga yetdi. Ta’lim sohasida 4,14 mln so‘mga, sog‘liqni saqlashda esa ish haqi eng past darajada qolmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News