
- 3
- 29.04.2024 16:47:00
- 1 daq o'qish
2024-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda korxona va tashkilotlar xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi 4 mln 919,9 ming so‘mni tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha oylik 8,1 mln so‘m bilan Toshkentga, eng kami esa 3,5 mln so‘m bilan Surxondaryoga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, o‘rtacha oylik ish haqi sanoat sohasida 6,1 mln so‘mni, savdoda 5,6 mln so‘mni hamda hamda qurilishda 5,3 mln so‘mni tashkil etgan. Eng past ko‘rsatkich esa ta’lim (3,4 mln so‘m) hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (3,2 mln so‘m) sohalariga to‘g‘ri keladi.
Eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi esa Axborot va aloqa sohasi bo‘lib, 12,4 mln so‘mni tashkil etgan.