
- 5
- 25.07.2024 16:24:00
- 1 daq o'qish
Respublikada nominal hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqi ko‘tarildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 5 million 92 ming so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davrida 4 million 337 ming so‘m bo‘lgan.
Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahri, Navoiy, Toshkent, Andijon viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatildi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bank, sug‘urta, kredit, vositachilik faoliyati, axborot va aloqa, tashish va saqlash va sanoat sohalariga to‘g‘ri keladi.