Otni 24 marta qamchilagan sportchi Olimpiadadan chetlashtirildi

Otni 24 marta qamchilagan sportchi Olimpiadadan chetlashtirildi
  • 6
  • 24.07.2024 13:41:00
  • 1 daq o'qish

Buyuk Britaniyaning eng ko‘p mukofotlangan ayol olimpiyachisi Sharlotta Dyujardin otni kaltaklagani uchun Parij Olimpiadasini tark etdi. Uning 4 yil oldingi murabbiylik mashg‘ulotlarida otni 1 daqiqada 24 marta qamchilagani aks etgan videolar tarqaldi. Ot sporti bo‘yicha xalqaro boshqaruv Dyujardinni tergov yakuniga qadar barcha milliy va xalqaro musobaqalardan vaqtinchalik chetlashtirdi. Sharlotta Dyujardin 2021-yilgi Tokio Olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi, nega endi Parij Olimpiadasi arafasida bu ishlar o‘rtaga chiqyapti? Siz nima deysiz? Izohlarda yozib qoldiring!

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News