
- 8
- 22.03.2023 08:27:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston yoshlar jamoasi aʼzosi Abbos Fayzullayevning ota-onasi — Saidjon Qodirov va Gulchehra Qodirovaga Sirdaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmal Mahmudaliyev viloyat ahli nomidan Umra safariga yo‘llanma sovg‘a qildi.
19 yoshli yarimhimoyachi Osiyo Kubogi U-20 da O‘zbekistonning chempion bo‘lishiga katta hissa qo‘shdi. U turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.