O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari miqdori yana oshdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari miqdori yana oshdi
  • 6
  • 08.06.2024 10:21:00
  • 1 daq o'qish


May oyi davomida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1 mlrd 526 mln  dollarga ko‘paygan va 36 mlrd 634,3 mln  dollarga yetgan.

Zaxiralar tarkibida ochiq ma'lumotlar tarixida birinchi marta 35 mln dollarlik qimmatli qog‘ozlar paydo bo‘lgan. Zaxiralarning valyuta qismi 1 mlrd 244,9 mln dollarga oshib, 9 mlrd 266,6 mln dollarni tashkil etgan.

Oy davomida ishlab chiqaruvchilardan sotib olingani bilan birgalikda 400 ming unsiya atrofida oltin sotilgani evaziga zaxiralarning oltin qismi fizik hajmda 11,4 mln unsiyagacha qisqargan. Lekin pul qiymatida 278,8 mln dollarga oshib, 26 mlrd 812,4 mln dollarga yetgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News