
- 0
- 25.09.2025 08:00:00
- 1 daq o'qish
AQSHda yashovchi bir ayol ChatGPTdan lotereya raqamlarini tanlashda maslahat olib, kutilmagan natijaga erishdi. Lotereyada o‘yinchilar beshta raqamni tanlashlari kerak edi. Ayol sun’iy intellekt yordamida raqamlarni belgilab, natijada ChatGPT tanlagan besh raqamdan to‘rttasi g‘olib raqamlarga to‘g‘ri keldi. Shu tariqa u 150 ming dollar miqdoridagi yirik sovrinni qo‘lga kiritdi. U pullarini xayriya tashkilotlariga sarflamoqchiligini aytdi.
Lotereya mashinasi raqamlar tushirilgan to‘plarni tasodifiy chiqaradi. Tanlangan raqamlar qancha ko‘proq mos tushsa, sovrin ham shunchalik kattalashadi.