Buyuk Britaniya va Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchilari o‘z missiyalarini tugatishdi

Buyuk Britaniya va Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchilari o‘z missiyalarini tugatishdi
  • 4
  • 17.07.2023 14:42:00
  • 1 daq o'qish

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Timoti Torlot va Yazguli Mammedovlar bilan uchrashdi. Buyuk Britaniya va Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchilari o‘zlarining diplomatik ishlarini yakunlashdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 17 iyul kuni mamlakat tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniya elchisi Timoti Torlot va Turkmaniston elchisi Yazguli Mammedov bilan uchrashgan. Vazir ikki elchining O‘zbekistonda o‘z diplomatik missiyalarini tugatayotganini ma’lum qilib, ularga minnatdorchilik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Timoti Torlot 2019 yili Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan. Yazguli Mammedov esa 5 yildan beri O‘zbekistonda Turkmaniston elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Manba: uznews.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News