
- 4
- 02.10.2023 14:05:00
- 1 daq o'qish
Isroil tashqi ishlar vaziri elchi Feruza Mahmudova bilan uchrashib, kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi. O‘zbekistonning Isroildagi elchisi Feruza Mahmudova ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri Eli Koen bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston-Isroil hamkorligining joriy kun tartibini muhokama qilishdi. Vazir Eli Koen Isroil tomoni O‘zbekiston bilan faol rivojlanib borayotgan hamkorlikni yuksak qadrlashini ta’kidladi.
Yakunda Eli Koen O‘zbekistonning Isroildagi elchisi lavozimida amalga oshirilgan salmoqli ishlar uchun Feruza Mahmudovaga minnatdorlik bildirib, kelgusidagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Manba: uznews.uz