Oʼzbekistondagi Kanadaning elchisi oʼz missiyasini yakunladi

Oʼzbekistondagi Kanadaning elchisi oʼz missiyasini yakunladi
  • 4
  • 04.10.2023 08:17:00
  • 1 daq o'qish

Tashqi ishlar vaziri elchi Elison Lekler bilan uchrashib, kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Kanadaning Oʼzbekistondagi elchisi Elison Lekler diplomatik missiyasini yakunladi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov oʼzining Telegram kanalida maʼlum qildi.
"Oʼzbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Kanada elchisi Elison Lekler xonim bilan uchrashdik. Energetikadan tortib taʼlimgacha boʼlgan koʼplab sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarimiz ulkan salohiyatga ega ekanini alohida taʼkidladik. Oʼtgan yillarda mamlakatlarimiz oʼrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qoʼshgan hissasi uchun elchi xonimga oʼz minnatdorligimizni bildiramiz va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz",- deya izoh qoldirgan vazir.

Manba: Uznews

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News