O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida o‘tkaziladi

O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida o‘tkaziladi
  • 8
  • 29.07.2023 08:06:00
  • 2 daq o'qish

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror matni O‘zAda e’lon qilindi.

Qarorda ta’kidlanishicha, aynan 1991-yil 31-avgust kuni xalq o‘z vatani, taqdiri va kelajagiga o‘zi egalik qilish huquqini qo‘lga kiritgan. Dunyo xaritasida O‘zbekiston Respublikasi – yangi suveren va mustaqil davlat paydo bo‘lgan.

Yangi O‘zbekistonning bugungi taraqqiyot darajasi, shon-u shuhratiga mos holda munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash maqsadida:

  • O‘zbekiston davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasining tarkibi;
  • “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi tasdiqlandi.

     
  • Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda bir hafta muddatda Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan teatrlashtirilgan konsert tomoshasining dasturi va ssenariysini ishlab chiqsin hamda mazkur konsert tomoshasini yuksak g‘oyaviy-badiiy saviyada tayyorlash choralarini ko‘radi;
  • O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi bilan birgalikda “Ona diyor ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug‘, eng aziz” kabi anʼanaviy ko‘rik-tanlovlarni yuqori darajada o‘tkazishni taʼminlaydi;
  • O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan birgalikda yurtimiz istiqlolini tarannum etuvchi eng yaxshi qo‘shiq va musiqa asarlari tanlovining yakuniy bosqichini o‘tkazadi;
  • mazkur tanlovlarning g‘olib va sovrindorlarini Mustaqillik bayrami arafasida eʼlon qilish va tantanali ravishda taqdirlash choralarini ko‘radi.
  • Belgilab qo‘yilishicha, o‘tkaziladigan bayram tadbirlari:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda – tegishli mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan;
  • Toshkent shahrida – Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi.

    Manba: daryo.uz
Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News