"Open byudjet"ning 2-mavsumiga start berildi

"Open byudjet"ning 2-mavsumiga start berildi
  • 21
  • 22.08.2024 16:11:00
  • 1 daq o'qish

 22-avgust kuni “Tashabbusli byudjet” ning joriy yilgi 2-mavsumiga ovoz berish boshlandi. Ovoz berish jarayonlari 31-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi. 

👇 Ovoz berish quyidagi usullardan biri orqali amalg aoshiriladi:

🔹 “Ochiq byudjet” portalining veb-sahifasi (https://openbudget.uz/home);
🔹 Portalning mobil ilovasi Android (https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.minfin.open_budget) va iOS (https://apps.apple.com/uz/app/open-budget-uz/id6447674229) ;
🔹 Telegramdagi rasmiy bot (https://t.me/ochiqbudjetbot) yordamida.

Bu mavsumda davlat budjyetidan 3 trillion so‘m ajratilishi belgilangan. Bunda har bir loyiha uchun eng yuqori qiymat 1 milliard 360 million so‘mni tashkil etadi. 

❗️ Eslatib o‘tamiz, majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi yoki g‘oliblar ro‘yxatidan chiqariladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News