
- 0
- 18.08.2025 15:35:00
- 1 daq o'qish







18-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi 100 gektardan ortiq maydonda joylashgan, 290 million dollar qiymatidagi Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi. Shaharchada 5 ta asosiy sport majmuasi, jumladan O‘zbekistonda birinchi bo‘lgan murakkab dizayndagi velodrom mavjud. Velodromda yil davomida bir xil harorat saqlanadi va 2 200 tomoshabinga mo‘ljallangan o‘rinlar bor.
Shuningdek, shaharcha markazida 12 ming o‘rinli stadion, suv sporti saroyi, ko‘p funksiyali sport majmualari va 15 ta ochiq maydon barpo etilgan. Barcha inshootlar xalqaro standartlarga mos va energiya tejamkor.
Prezident sportchilar bilan suhbatlashib, ularning yutuqlarini yuqori baholadi va yoshlar orasida sportni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.