Ana xolos! “Man Siti” yana himoyachi olmoqchi

Ana xolos! “Man Siti” yana himoyachi olmoqchi
  • 8
  • 17.01.2025 08:03:00
  • 1 daq o'qish

 

Shaharliklar yaqin kunlarda “Yuventus”ga Andrea Kambiaso uchun rasmiy taklif kiritishi kutilmoqda. Futbolchi va “Manchester Siti” o‘rtasidagi shartnoma borasida ilg‘or muzokaralar allaqachon olib borilgan.

“Manchester Siti” Andrea Kambiaso transferini muhokama qilish uchun “Yuventus” bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazishni rejalashtirgan. Yakuniy qaror faqat Omar Marmushning transferi hal bo‘lgandan keyin qabul qilinadi, chunki “Ayntraxt Frankfurt” hujumchisining transferi deyarli yakunlangan.

Ma’lumot uchun, italiyalik futbolchining pozitsiyasi o‘ng qanot himoyasi bo‘lib, u Uokerning o‘rniga nomzod bo‘ladi. 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News