Tailandda rossiyalik opa-ukaning o‘ldirilishi ortidan xavfsizlik kuchaytiriladi

Tailandda rossiyalik opa-ukaning o‘ldirilishi ortidan xavfsizlik kuchaytiriladi
  • 0
  • 03.08.2026 18:12:00
  • 1 daq o'qish

Tailandning Pattaya shahrida bedarak yo‘qolgan 22 yoshli Diana Nazimova va uning 17 yoshli ukasi Roman Nazimovaning o‘ldirilishida gumon qilinayotgan shaxslar jinoyat sababini tan oldi. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, gumonlanuvchilar opa-ukani ularning mototsiklini qo‘lga kiritish maqsadida o‘ldirganini aytgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ular 26-iyul kuni tongda uydan mototsiklda chiqib ketgan. Oradan 20 daqiqa o‘tib, onasiga Dianadan faqat “Shoshilinch!” degan xabar kelgan. Shundan so‘ng ular bilan aloqa uzilgan. Tergov davomida kuzatuv kameralari yozuvlari o‘rganilib, Nazimovlarga tegishli mototsikl o‘rmon hududidan ko‘milgan holda topilgan.

Ushbu fojiadan so‘ng Tailand hukumati mamlakat bo‘ylab sayyohlar xavfsizligini kuchaytirishga qaror qildi. Bosh vazir politsiyaga aybdorlarni tezkor javobgarlikka tortish hamda kelgusida bunday jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rishni topshirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News