
- 0
- 07.07.2025 11:52:00
- 1 daq o'qish
AQSHning Texas shtatida 4-iyul kuni boshlangan kuchli yomg‘ir va daryolarning toshishi oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlarida kamida 78 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlarning 28 nafari bolalar.
Rasmiylarga ko‘ra, 41 kishi bedarak yo‘qolgan. Qutqaruv ishlari davom etmoqda. Rasmiylar qurbonlar soni yana oshishi mumkinligini bildirdi.