Abituriyentlar uchun test o‘tkaziladigan sanalar aniq bo‘ldi

Abituriyentlar uchun test o‘tkaziladigan sanalar aniq bo‘ldi
  • 0
  • 13.07.2026 17:42:00
  • 1 daq o'qish

2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 14–23-iyul kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi ma’lum qildi. Test sinovlari 10 kun davomida kuniga ikki smenada tashkil etiladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena esa 15:00 da boshlanadi. Qoidalarga binoan har bir abituriyent faqat ruxsatnomada ko‘rsatilgan manzil, sana va smenada test topshirishi mumkin. Boshqa hudud, kun yoki smenada imtihonda qatnashishga ruxsat berilmaydi.
Shuningdek, abituriyentlar imtihonga pasport yoki ID-kartaning asl nusxasi hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari shart. Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan hamda belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News