Yangi ochilgan gipermarketda dahshatli yong‘in

Yangi ochilgan gipermarketda dahshatli yong‘in
  • 0
  • 18.07.2025 08:29:00
  • 1 daq o'qish

Iroqning Qut shahrida yangi ochilgan “Al-Kornish” gipermarketida yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 61 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida ayollar va bolalar ham bor.
Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning aksariyati tutundan bo‘g‘ilib vafot etgan. Yana 45 dan ortiq fuqaro favqulodda xizmatlar xodimlari tomonidan qutqarilgan. 
Mazkur holat yuzasidan tergov jarayonlari boshlandi va bino egasiga nisbatan sud ishi qo‘zg‘atildi. Qut shahrida 3 kunlik motam e’lon qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News