Angrenda dahshatli YTH: 7 kishi halok bo‘ldi

Angrenda dahshatli YTH: 7 kishi halok bo‘ldi
  • 0
  • 08.09.2025 10:12:00
  • 1 daq o'qish

7-sentabr kuni Toshkent viloyati Angren shahrida A-373 Toshkent–O‘sh yo‘lida yirik avtohalokat yuz berdi. Sement tashuvchi yuk mashinasi boshqaruvini yo‘qotib, temiryo‘l kesishmasida turgan 2 ta yuk va 5 ta yengil mashinaga urildi. To‘qnashuv oqibatida yong‘in chiqdi, u tezkorlik bilan o‘chirilgan. Hodisada 7 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi shifoxonaga yotqizildi, yana 4 nafarga joyida yordam ko‘rsatildi.
Vaziyatni o‘rganish uchun bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarligida hukumat komissiyasi tuzildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News