Pokiston-Hindiston o‘rtasida keskinlik kuchaymoqda: urush xavfi oshdi

Pokiston-Hindiston o‘rtasida keskinlik kuchaymoqda: urush xavfi oshdi
  • 0
  • 30.04.2025 12:30:00
  • 1 daq o'qish

Pokiston axborot va radioeshittirish vaziri Attaullah Tararning ma’lum qilishicha, ishonchli razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston 24–36 soat ichida Pokistonga qarshi harbiy hujum boshlashi mumkin. Unga ko‘ra, Hindiston bu qarorni Kashmirdagi terakt uchun Pokistonga asossiz ayb qo‘yib oqlamoqda.
Tararning so‘zlariga ko‘ra, Pokiston bu teraktni qoralagan va xolis tergov o‘tkazishni taklif qilgan, ammo Hindiston bunga rozi bo‘lmagan. Pokiston bunday harbiy provokatsiyaga qat’iy javob berilishini bildirgan va xalqaro hamjamiyatni vaziyatning jiddiyligiga e’tibor qaratishga chaqirgan.
Ziddiyat sababi: 22-aprel kuni Kashmirda tinch aholi va sayyohlarga uyushtirilgan hujumda 30 ga yaqin odam halok bo‘ldi. Hindiston bu hujumni Pokiston bilan bog‘ladi, Pokiston esa buni qat’iyan rad etmoqda.
Shundan so‘ng Hindiston:
•  Pokiston bilan chegara o‘tkazish punktini yopdi;
•  Pokistonliklarga mamlakatni tark etishni buyurdi;
•  Suv resurslari bo‘yicha 1960-yilgi bitimni bekor qildi.
Bunga javoban Pokiston ham Hindiston uchun havo hududini yopdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News