Islomobodda tennis koptokchasidek muzli do‘l yog‘di

Islomobodda tennis koptokchasidek muzli do‘l yog‘di
  • 0
  • 19.04.2025 15:42:00
  • 1 daq o'qish

Pokiston poytaxti Islomobodda kuchli shamol bilan birga yirik do‘l yog‘di. Oqibatda o‘nlab avtomobillarga zarar yetib, qator tumanlarda daraxtlar ag‘darilib tushgan, quyosh panellari vayron bo‘lgan, ko‘chalar va tomlar muz bilan qoplangan. Yog‘gan muz parchalari orasida tennis koptokchasicha keladiganlari ham uchragan.

Pokiston Meteorologiya boshqarmasi yaqin kunlarda yana shunday ob-havo kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlantirish berdi. Mutaxassislar bu hodisani iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘lamoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News