
- 6
- 13.11.2023 08:24:00
- 1 daq o'qish
Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 13-noyabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chirildi:
- Bektemir tumani — “Gulbog‘” va “Iyik ota” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Chilonzor tumani — “Navbahor” MFYning ayrim hududlarida 09:00 dan 17:00 gacha.
Taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.