
- 8
- 28.09.2024 17:10:00
- 1 daq o'qish
Kecha, 27-sentabr kuni poytaxtimizning “Zarafshon” konsert zalida 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan deputatlik saylovlari oldidan teledebat o‘tkazildi. Ikki bosqichda bo‘lib o‘tgan debatda mamlakatimizdagi 5 siyosiy partiya, partiya yetakchilari va faollari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Birinchi bosqichda partiya yetakchilari Aktam Haitov (O‘zLiDeP), Alisher Qodirov (“Milliy tiklanish”), Robaxon Mahmudova (“Adolat”), Ulug‘bek Inoyatov (XDP) va Abdushukur Hamzayev (O‘EP) o‘z partiyasining maqsadi va ustuvor vazifalari, saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi. Ikkinchi bosqichda esa partiya vakillari qarshi partiya yetakchisidan saylovoldi dasturi, kelgusida qilinadigan ishlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Eslatib o‘tamiz, teledebatlar saylov kuniga qadar haftaning juma kunlari bo‘lib o‘tadi.