O‘qituvchi o‘quvchilar ko‘z oldida kaltaklandi!

O‘qituvchi o‘quvchilar ko‘z oldida kaltaklandi!
  • 4
  • 22.11.2024 14:27:00
  • 1 daq o'qish

 Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol maktab sinfxonasiga bostirib kirib o‘qituvchini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Aniqlanishicha, holat bir oy oldin Xorazmning Xonqa tumanida sodir bo‘lgan bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘quvchisining onasi o‘qituvchiga o‘g‘lini urgani uchun o‘quvchilar ko‘z oldida hujum qilib, kaltaklagan. O‘g‘liga esa holatni video oldirgan. O‘qituvchi ayolga o‘g‘lini urmaganini aytsada ayol unga tashlanishda davom etgan. Ushbu holatdan bolalar qo‘rqib sinfxonadan yugurib chiqib ketishgan. Holat hozirda rasmiylar tomonidan o‘rganilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News