Andijonda xotinini pichoqlab o‘ldirgan o‘qituvchi 19 yilga qamaldi

Andijonda xotinini pichoqlab o‘ldirgan o‘qituvchi 19 yilga qamaldi
  • 1
  • 06.07.2026 18:40:00
  • 1 daq o'qish

Andijon viloyatining Asaka tumanida xotinini maktab binosida pichoqlab o‘ldirgan erkak 19 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Qayd etilishicha, 27-yanvar kuni shu maktabda ishlovchi O.U. va birga ishlovchi turmush o‘rtog‘i O. M. o‘rtasida oilaviy kelishmovchilik kelib chiqqan. Oqibatda, o‘qituvchi yonidagi xo‘jalik pichog‘i bilan ayoliga bir necha marta zarba bergan. Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Hodisadan so‘ng, erkak o‘z joniga qasd qilishga uringan, biroq yaqinlari tomonidan uning hayoti saqlab qolingan. Sud hujjatlariga ko‘ra, er-xotin o‘rtasidagi oilaviy nizolar uzoq vaqt davom etib kelgan. Ayol bir necha bor farzandlari bilan ota-onasinikiga ketgan, erkak esa, oilani saqlab qolish maqsadida yashab turgan uyni turmush o‘rtog‘i nomiga rasmiylashtirgan. Shunga qaramay, kelishmovchiliklar davom etgan va o‘lim bilan yakunlangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News