
- 0
- 14.08.2025 09:07:00
- 1 daq o'qish
Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida yuz bergan texnik nosozlik tufayli 30,1 ming soliq to‘lovchining hisobidan jami 399,3 mlrd so‘m mablag‘ asossiz yechib olingan.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, mablag‘lar avtomatik qaytariladi va yozma murojaat talab qilinmaydi. Banklardagi ijrosi bajarilmagan inkasso topshiriqlari ham bekor qilingan.
13-avgust 18:00 holatiga ko‘ra 20 608 ta subyektga 274,7 mlrd so‘m mablag‘ qaytarilgan.