Toshkent metrosi TTZgacha 2 bosqichda kengaytiriladi

Toshkent metrosi TTZgacha 2 bosqichda kengaytiriladi
  • 0
  • 19.05.2025 16:33:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent metropolitenining yangi yo‘nalishi TTZ (Toshkent traktor zavodi) dahasigacha 2 bosqichda quriladi. Bu loyiha Shavkat Mirziyoyevga taqdim etildi va bu quyidagicha amalga oshiriladi:
•  1-bosqich: Chilonzor yo‘nalishidagi Pushkin bekatidan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Feruza dahasigacha mavjud temir yo‘lga parallel tarzda yerusti metro yo‘li quriladi.
•  2-bosqich: Feruza dahasidan TTZ dahasidagi Shoh bekatigacha metro liniyasi barpo etiladi.
Ushbu yangi yo‘nalish orqali kuniga 85 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilishi kutilmoqda. Ayni paytda shu hududlardan poytaxt markaziga kuniga 47 mingta avtotransport vositasi orqali 194 mingga yaqin yo‘lovchi qatnaydi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News