
- 11
- 07.11.2023 07:20:00
- 1 daq o'qish
IQAir reytingida Toshkent 7-noyabr sanasiga ko‘ra havosi eng iflos shaharlar reytingida hatto Mumbayni ham ortda qoldirib beshinchi o‘ringa ko‘tarildi. Reytingga ko‘ra, soat 7:00 atrofida Toshkent havosida mayda PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 100 mkg/m3ni tashkil etgan – bu “zararli” tasnifidagi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Reytingda 1-o‘rinni Pokistonning Lahor shahri egalladi - PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 347 mkg/m3. Hindistonning Dehli shahri 2-pog‘onada - 342 mkg/m3. Uchlikka Hindistonning Kalkutta shahri yakun yasadi - 222 mkg/m3.
Bangladesh poytaxti Dakka to‘rtinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa (188 mkg/m3), O‘zbekiston poytaxti Toshkent beshinchi pog‘onadan joy oldi (174 mkg/m3). Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tug‘diradigani aynan PM-2,5 dispers zarralaridir.