“Tariflarni oshirish — majburiy qadam” — Veolia Energy

“Tariflarni oshirish — majburiy qadam” — Veolia Energy
  • 6
  • 23.09.2024 14:47:00
  • 1 daq o'qish

Veolia Energy kompaniyasi Toshkentda issiqlik va issiq suv narxi oshishi bo‘yicha oydinlik kiritdi. Kompaniya asosiy sababni gaz va elektr energiyasi narxlarining oshishi bilan bog‘ladi. Qayd etilishicha, aholi uchun yangi narxning joriy etilishi bazaviy tarifning 18%ini qoplaydi. Qolgan qismi esa davlat subsidiyalari bilan qoplanadi.

“Biz tariflarning oshirilishi katta yuklama ekanligini tushunamiz. Ammo Veolia Energy Tashkent kompaniyasi hamma kabi tannarximizni tashkil etuvchi energiya narxiga bog‘liqligini inobatga olishingizni so‘raydi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, kompaniya iqtisodiy voqelik va fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash o‘rtasidagi muvozanatni saqlab qolish uchun barcha choralar ko‘rilayotganini ta’kidlagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News