
- 0
- 20.08.2025 15:22:00
- 1 daq o'qish
Tanzaniyada 44 yoshli erkak tibbiy ko‘rikda kutilmagan holatga duch keldi. U ko‘krak qismida yiring paydo bo‘lgani uchun tibbiyot xodimlariga murojaat qilgan. Rentgen tekshiruvida uning ko‘kragida pichoq tig‘i qotib qolganligi aniqlandi. Erkak 10 yil avval mojaro chog‘ida jarohat olganini esladi. Yillar davomida hech qanday og‘riq sezmagan. Faqat so‘nggi haftalarda ko‘kragida yiring paydo bo‘lgach, shifokorga murojaat qilgan. Jarrohlik amaliyotida tig‘ olib tashlandi va bemor to‘liq sog‘aydi.